
Haqiqiy klublar va formalar
Superliga va Proligadagi 30 klub: tarkiblar, reytinglar, logotiplar va mavsum formalari. Har bir klub o'z uyida, o'z muxlislari oldida o'ynaydi.
EVO Football — O'zbekiston Superligasi, Proliga va Kubok musobaqalari, litsenzion klublar, ularning stadionlari, futbolchilar va o'zbekcha sharh o'rin olgan futbol simulyatori.
Demo
O'yin haqida

Superliga va Proligadagi 30 klub: tarkiblar, reytinglar, logotiplar va mavsum formalari. Har bir klub o'z uyida, o'z muxlislari oldida o'ynaydi.

Futbolchilarning yuzlari fotosuratlardan yasaladi: soch turmagi, soqol va teri rangi bilan. Maydonda sevimli o'yinchingizni darhol taniysiz.

Paxtakor, Bunyodkor, Bobur Arena, Istiqlol va boshqa 13 stadion. Kunduzgi, kechki va tungi o'yinlar, projektorlar yorug'i, ob-havo va to'la tribunalar.

O'yin rejasi: tizim, o'yinchilar joylashuvi va jamoa taktikasi. Klaviatura yoki geympad bilan o'ynang, qiyinlik va yordam darajasini o'zingiz tanlang.
O'yinni o'zbek tilidagi sharhlovchi olib boradi: gollar, xavfli hujumlar, qoidabuzarliklar va o'yinchilar ismlari bilan. Gol bo'lsa — takroriy ko'rsatuv.
Rejimlar
O'z murabbiyingizni yarating va bitta klubni boshqaring. Kunma-kun taqvim, mashg'ulotlar, transferlar va so'mdagi byudjet, rahbariyat maqsadlari, pochta va yangiliklar. Superliga va Proliga o'rtasida chiqish va tushish bor, yillar o'tib futbolchilar qariydi, o'rniga yangi yoshlar keladi.
Tezkor do'stona o'yin: ikki klubni tanlang va maydonga chiqing — kompyuterga qarshi yoki do'stingiz bilan.
Har ikki tomon o'z ligasi, klubi va formasini tanlaydi. O'yin davomiyligi, vaqti, ob-havo va stadion — sizning tanlovingiz.
Bitta klub bilan butun mavsum: jadval, turlar, natijalar. Har bir o'yinni o'zingiz o'ynang yoki natijasini hisoblang.
Bosimsiz maydonda boshqaruvni o'rganing va zarbalaringizni charxlang.
Tarkiblar, o'yin rejasi va transferlarni o'zingizga moslang.
Litsenziya
Keyingi: Markaziy Osiyo — Vision'30
Yulduzlar
Oyning eng yaxshi o'n bir futbolchisi — kuchaytirilgan reyting bilan maxsus kartalarda. Har oy oxirida o'yin yangilanadi: reytinglar, tarkiblar va yangi Oyning jamoasi.
Stadionlar
Har bir stadion o'yinda qayta qurilgan: tribunalar, tomlar, projektor ustunlari va atrofdagi binolar.
Vision'30
EVO Football yaqin kelajakda Markaziy Osiyo mamlakatlarining chempionatlari, kuboklari va xalqaro o'yinlarini qamrab oladi. Keyin Rossiya, Kavkaz, Fors ko'rfazi, ASEAN va Janubiy Osiyo chempionatlari qo'shiladi — loyiha AAA+ darajadagi futbol simulyatoriga aylanadi.
Demo (20-dekabr) va 1.0 versiya (1-mart): Superliga, Proliga va karyera rejimi.
Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston chempionatlari, kuboklari, terma jamoalar va xalqaro o'yinlar.
Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston chempionatlari.
Fors ko'rfazi (GCC), ASEAN va Janubiy Osiyo chempionatlari.
Savollar
Demo versiya 20-dekabr 2026 da, to'liq versiya (1.0) 1-mart 2027 da chiqadi.
Windows kompyuterlarda. Klaviatura yoki geympad bilan o'ynash mumkin.
Ha. O'yin boshida har bir o'yinchi o'z tomonini tanlaydi: biri klaviaturada, ikkinchisi geympadda. Yolg'iz o'ynasangiz, kompyuterga qarshi chiqasiz.
Menyular ham, sharh ham o'zbek tilida.
Ha, Superliga va Proliga klublari ularning futbolchilari bilan. Tarkiblar yangilanib boradi, Tahrir rejimida esa ularni o'zingiz o'zgartirishingiz mumkin.
Hamkorlar
