O'zbek futboli.
Endi virtual olamda!

EVO Football — O'zbekiston Superligasi, Proliga va Kubok musobaqalari, litsenzion klublar, ularning stadionlari, futbolchilar va o'zbekcha sharh o'rin olgan futbol simulyatori.

Demo

20-dekabr 2026

--kun
--soat
--daqiqa
--soniya
3musobaqa
30jamoa
13stadion
Davron Fayziyevsharhida

O'yin haqida

Har bir detal — bizning futbol

Paxtakor formasidagi futbolchi
01

Haqiqiy klublar va formalar

Superliga va Proligadagi 30 klub: tarkiblar, reytinglar, logotiplar va mavsum formalari. Har bir klub o'z uyida, o'z muxlislari oldida o'ynaydi.

O'yinchining yuzi yaqindan
02

Tanish yuzlar

Futbolchilarning yuzlari fotosuratlardan yasaladi: soch turmagi, soqol va teri rangi bilan. Maydonda sevimli o'yinchingizni darhol taniysiz.

Paxtakor stadionida o'yin
03

Jonli stadionlar

Paxtakor, Bunyodkor, Bobur Arena, Istiqlol va boshqa 13 stadion. Kunduzgi, kechki va tungi o'yinlar, projektorlar yorug'i, ob-havo va to'la tribunalar.

Boshlang'ich zarbadan oldin ikki jamoa sardori
04

Taktika va boshqaruv

O'yin rejasi: tizim, o'yinchilar joylashuvi va jamoa taktikasi. Klaviatura yoki geympad bilan o'ynang, qiyinlik va yordam darajasini o'zingiz tanlang.

To'p oldida turgan futbolchi
05

O'zbekcha sharh

O'yinni o'zbek tilidagi sharhlovchi olib boradi: gollar, xavfli hujumlar, qoidabuzarliklar va o'yinchilar ismlari bilan. Gol bo'lsa — takroriy ko'rsatuv.

Rejimlar

Qanday o'ynaysiz?

Asosiy rejim

Karyera

O'z murabbiyingizni yarating va bitta klubni boshqaring. Kunma-kun taqvim, mashg'ulotlar, transferlar va so'mdagi byudjet, rahbariyat maqsadlari, pochta va yangiliklar. Superliga va Proliga o'rtasida chiqish va tushish bor, yillar o'tib futbolchilar qariydi, o'rniga yangi yoshlar keladi.

  • Transferlar
  • Mashg'ulot
  • Byudjet
  • Yoshlar
  • Mukofotlar

O'yin 1

Tezkor do'stona o'yin: ikki klubni tanlang va maydonga chiqing — kompyuterga qarshi yoki do'stingiz bilan.

O'yin 2

Har ikki tomon o'z ligasi, klubi va formasini tanlaydi. O'yin davomiyligi, vaqti, ob-havo va stadion — sizning tanlovingiz.

Liga

Bitta klub bilan butun mavsum: jadval, turlar, natijalar. Har bir o'yinni o'zingiz o'ynang yoki natijasini hisoblang.

Mashg'ulot

Bosimsiz maydonda boshqaruvni o'rganing va zarbalaringizni charxlang.

Tahrir

Tarkiblar, o'yin rejasi va transferlarni o'zingizga moslang.

Litsenziya

Rasmiy litsenziyalar

O'zbekistonSuperliga · Proliga · O'zbekiston kubogi
Litsenziyalangan

Keyingi: Markaziy Osiyo — Vision'30

    Yulduzlar

    Oyning jamoasi · Oktyabr 2026

    Oyning eng yaxshi o'n bir futbolchisi — kuchaytirilgan reyting bilan maxsus kartalarda. Har oy oxirida o'yin yangilanadi: reytinglar, tarkiblar va yangi Oyning jamoasi.

    • Hujumchi
    • Yarim himoyachi
    • Himoyachi
    • Darvozabon
    Har oyo'yin yangilanishi
    Reytinglaryangilanadi
    Oyning jamoasiyangi kartalar bilan

    Stadionlar

    Toshkentdan Xorazmgacha

    Har bir stadion o'yinda qayta qurilgan: tribunalar, tomlar, projektor ustunlari va atrofdagi binolar.

    12 stadion · o'yindan

      Vision'30

      O'zbekistondan — butun Osiyoga

      EVO Football yaqin kelajakda Markaziy Osiyo mamlakatlarining chempionatlari, kuboklari va xalqaro o'yinlarini qamrab oladi. Keyin Rossiya, Kavkaz, Fors ko'rfazi, ASEAN va Janubiy Osiyo chempionatlari qo'shiladi — loyiha AAA+ darajadagi futbol simulyatoriga aylanadi.

      1. 2026 – 2027

        O'zbekiston

        Demo (20-dekabr) va 1.0 versiya (1-mart): Superliga, Proliga va karyera rejimi.

      2. 2027 – 2028

        Markaziy Osiyo

        Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston chempionatlari, kuboklari, terma jamoalar va xalqaro o'yinlar.

      3. 2028 – 2029

        Rossiya va Kavkaz

        Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston chempionatlari.

      4. 2029 – 2030

        Osiyo

        Fors ko'rfazi (GCC), ASEAN va Janubiy Osiyo chempionatlari.

      1 000 000+faol o'yinchi
      Kibersportdoimiy turnirlar va chempionatlar
      AAA+darajadagi futbol simulyatori
      2030maqsad yili

      Savollar

      Ko'p beriladigan savollar

      O'yin qachon chiqadi?

      Demo versiya 20-dekabr 2026 da, to'liq versiya (1.0) 1-mart 2027 da chiqadi.

      Qaysi qurilmalarda o'ynash mumkin?

      Windows kompyuterlarda. Klaviatura yoki geympad bilan o'ynash mumkin.

      Ikki kishi bitta kompyuterda o'ynay oladimi?

      Ha. O'yin boshida har bir o'yinchi o'z tomonini tanlaydi: biri klaviaturada, ikkinchisi geympadda. Yolg'iz o'ynasangiz, kompyuterga qarshi chiqasiz.

      O'yin qaysi tilda?

      Menyular ham, sharh ham o'zbek tilida.

      Klublar va tarkiblar haqiqiymi?

      Ha, Superliga va Proliga klublari ularning futbolchilari bilan. Tarkiblar yangilanib boradi, Tahrir rejimida esa ularni o'zingiz o'zgartirishingiz mumkin.

      Hamkorlar

      • UzPFL
      • O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi
      • Championat Asia
      • Markaziy Sektor